Rasman: Fransiyada mavsum yakunlandi va mamlakat chempioni e'lon qilindi

Eldor Akmurzayev
30 apr 2020, 21:25
Liga 1 rahbariyati mavsum muddatidan oldin yakunlangani haqida rasmiy bayonet berdi.

“2019/20 yilgi mavsumning hozirgi jadvaliga ko'ra barcha o'yinlarda to'plagan ochkolar sonini hisobga olib, rasmiy ravishda PSJ Liga 1 chempioniga aylandi”, deyiladi tashkilot xabarida.

Parijliklar mazkur titulni 9 marotaba (1986, 1994, 2013, 2014, 2015, 2016, 2018, 2019, 2020) qo'lga kiritishdi.

Avvalroq, Fransiya Bosh vaziri Eduard Filipp joriy mavsum bahslari koronavirus pandemiyasi tufayli boshqa o'tkazilmasligini ma'lum qilgandi.

Shu tariqa, PSJ, “Marsel” va “Renn” Chempionlar Ligasiga yo'l oldi, “Lill” hamda “Reyms” Yevropa Ligasida qatnashadi, "Amen", "Tuluza" esa Liga 2'ga tushib ketdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/Ligue1Conforama