

U ijara asosida mersisaydliklar safida o'ynab kelayotgandi.
Everton portugaliyalik futbolchi uchun Barsaga bonuslarni qo'shgan holda 25 mln. evro o'tkazib berdi. U bilan shartnoma esa 2023/24 yilgi mavsumga qadar tuzilgan.
Eslatib o'tamiz, Gomesh 2016 yilda 37 mln. evro evaziga Valensiyadan kataloniyaliklar safiga kelib qo'shilgandi.
25 yoshli xavbek joriy mavsum APLda 29 o'yinda maydonga tushib, bir bora raqiblar darvozasini aniq nishonga olgandi. Shuningdek, uning hisobida ikkita golli uzatma ham bor.



