Rasman: "Everton" futbolchisi Germaniyaga yo'l oldi

Alisher
25 iyul 2019, 16:10
"Everton" hujumchisi Ademola Lukman "Leyptsig" a'zosiga aylandi.

21 yoshli ingliz futbolchisi nemis klubi bilan 2024 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi.

Lukmanning transferi 22,5 million funt sterlingga baholanmoqda.

Asli kelib chiqishi nigeriyalik bo'lgan angliyalik futbolchi yakunlangan mavsum "Everton" safida 24ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assistga erishgan.

Futbolchi "Charlton Atletik" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/DieRotenBullen