Rasman: "Brayton" boshqaruviga italiyalik mutaxassis keldi

Eldor Akmurzayev
19 sen 2022, 08:00
"Brayton" yangi bosh murabbiy tayinlaganini e'lon qildi.

Jamoani Roberto De Zerbi boshqaradi. Italiyalik mutaxassis ushbu lavozimda "Chelsi" bosh murabbiyiga aylangan Grem Potter o'rnini egalladi.

De Zerbi avvalroq "Shaxtyor"da ishlagan. Shuningdek, u "Sassuolo"dagi faoliyati orqali ko'pchilikka tanish.

"Brayton" hozirda Premer-liga turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.

1 oktyabr kuni jamoa "Liverpul"ga qarshi o'ynashi rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: brightonandhovealbion.com