"Marsel" hujumchisi Mario Balotelli klubdan ketishini ma'lum qildi.
"O'tgan ajoyib 5 oy uchun "Marsel"dagilarning barchasiga rahmat. Murabbiylar, xodimlar, futbolchilar, klub prezidenti, direktorlar, umuman olganda, barchadan minnatdorman. Kelgusida ko'rishguncha", - deb yozadi Balotelli o'zining instagramida.