Rasman: “Ayaks” futbolchisi APL klubiga o'tdi

30 iyul 2020, 08:46
Joel Veltman faoliyatini APLda davom ettiradi.

“Brayton” klubi “Ayaks”dan himoyachi Joel Veltmanni sotib olganini e'lon qildi. 28 yoshli himoyachi bilan 3 yillik bitim imzolangan. Veltman “Ayaks” safida 2012 yilda debyut qilgan. U klub safida 200 dan ortiq o'yin o'tkazib, 10 ta gol urgan. “Ayaks” bilan Niderlandiya chempionatida 3 bor g'olib bo'lgan. U Niderlandiya terma jamoasi safida 22 ta o'yin o'tkazgan.

O'tgan mavsumda futbolchi klub doirasidagi musobaqalarda 30 ta o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: “Брайтон” расмий сайти