Rasman: "Andijon" Ulug'bek Mirzaev bilan shartnomani bekor qildi

Sherzod Nurmatov
10 okt 2023, 17:47
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

"Andijon" futbol klubi bosh direktori lavozimida ishlab kelgan Ulug'bek Mirzaev bilan klub tasischisi o'rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi ikki tomonlama kelishuvga ko'ra bekor qilinganligini ma'lum qilamiz. 

Ulug'bek Mirzaevga oylik maoshlar, mukofot pullari va kompensaciya sifatida oldindan ikki oylik ish haqlari to'lab berilishi yuzasidan ikki tomonning roziligi bilan kelishib olindi", – deyiladi klub xabarida.

Ma'lumot o'rnida, Ulug'bek Mirzaev 2022 yilning noyabridan buyon klub bosh direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати