Rasman: "Al Nassr" klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Administrator
18 sen 2024, 23:55
Saudiya Arabistoni klubi "Milan" sobiq ustozini murabbiy sifatida tayinladi.

Krishtianu Ronaldu harakat qilayotgan "Al Nassr" klubi Stefano Piolini bosh murabbiy etib tayinladi. 58 yoshli murabbiy "Milan" klubini boshqarib kelgandi. Murabbiy "Milan" bilan shartnomasini bekor qilib, Saudiya Arabistoniga yetib kelgan. Eslatib o'tamiz, kecha "Al Nassr" qoniqarsiz natijalar sabab Luish Kashtruni iste'foga chiqargandi. 

Ma'lumot uchun, "Al Nassr" Saudiya Arabistoni chempionati uchinchi turidan keyin 5 ochko bilan turnir jadvalining ettinchi o'rnini egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: https://x.com/AlNassrFC_EN