
FIFA rasmiy saytining ma'lumotlariga ko'ra, turnir noyabr-dekabr oylarida o'tkaziladi. Oldinroq JCH-2022 finali 18 dekabrda bo'lib o'tishi xabar qilingan edi. Federatsiyaning taxminiga ko'ra, musobaqa 28 kun davom etadi. Qatardagi mundial 21 noyabrda ochilishi mumkin.
Yaqin kunlar ichida FIFA 2019 yildan 2022 yilgacha mundial o'yinlarining taqvimini ishlab chiqish bo'yicha ish boshlaydi.