

Yarim himoyachi "Turon" bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda Farg'ona jamoasi o'z Telegram kanalida ma'lum qildi.
"Superliga yangi mavsumi oldidan tarkibni kuchaytirish maqsadida jamoamiz yana bir transferga qo'l urdi. Jumladan, bugun mahoratli futbolchi Islom Rashidxonov bilan bir yillik muddatga mo'ljallangan rasmiy shartnomaga imzo chekildi.
Ma'lumot uchun, Islom Rashidxonov faoliyati davomida "Lokomotiv", "Navbahor", "Nasaf" kabi nomdor klublar safida maydonga tushgan. Hujumkor yarim himoyachi shuningdek, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi safida bir nechta uchrashuvlarni o'tkazgan" - deyiladi klub rasmiy kanalida.




