Raqibimiz: Saudiya Arabistoni Avstraliyaga yetib bordi

Narzulla Saydullayev
27 dek 2014, 15:39
25 dekabr kuni terma jamoa yig'inida jam bo'lgan Saudiya Arabistoni terma jamoasi vakillari kecha Avstraliyaga yetib borishdi.
Caudiyaliklar Brisban shahrida chempionat boshlangunga qadar tayyorgarlik olib borishadi. Avstraliyada Bahrayn va Janubiy Koreyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil etiladi.

Eslatib o'tamiz, guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan O'zbekiston va Saudiya Arabistoni o'rtasidagi o'yin 18 yanvar kuni Melburn shahrida bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia