Rangnik Xolandni "Manchester Yunayted"ga o'tish uchun ko'ndirishga urinmoqda

Alisher
1 dek 2021, 17:39
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik rahbariyat Dortmundning "Borussiya" klubi forvardi Erling Xolandni xarid qilishini xohlaydi.

Nemis mutaxassisining shaxsan o'zi 21 yoshli norvegiyalik futbolchini Angliya klubiga o'tishga ko'ndirmoqchi.

Rangnik futbolchining otasi va agenti bo'lmish Alf-Inge Xoland bilan yaqin tanish. Nemis mutaxassisi 2019 yilda "Zalcburg"ga Xoland bilan shartnoma imzolashga yordam bergan.

Hujumchining "Borussiya" bilan shartnomasi 2024 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

Futbolchi 2021/22 yilgi mavsum 7ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Bild