Raneri "Yil murabbiyi" sovrini uchun "Lester" futbolchilariga minnatdorchilik bildirdi

Aslanov Jasurbek
19 dek 2016, 03:12
"Lester Siti" bosh murabbiyi Klaudio Raneri BBC tomonidan taqdim etilgan "Yil murabbiyi" sovrini uchun o'z futbolchilariga minnatdorchilik bildirdi.

Shu yil "Lester" o'z tarixida ilk marotaba Angliya Premer-ligasi g'olibiga aylandi.

"Bu sovrin uchun futbolchilarimga, klub egasi va hodimlarga minnatdorchilik bildiraman. Muxlislarsiz ushbu muvaffaqiyatga erishishning iloji yo'q edi. Hammaga katta rahmat" - deydi Klaudio Raneri.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com