Raneri “Monako”ning mavsumdagi birinchi mag'lubiyatidan xafa bo'lmadi

Tolibjon Qosimov
31 okt 2013, 15:37
“Monako” klubi bosh murabbiyi Klaudio Raneri, klubning mavsumdagi birinchi mag'lubiyatidan xafa bo'lmadi.

Liga Kubogi 1/16 finali doirasida “Reyms”ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda “Monako” 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchragan.

- Shogirdlarim yomon o'yin ko'rsatishmadi. Men har doimgidek o'yindan qoniqish hosil qildim. Sababi ular birinchi marotaba birgalikda harakat qilishdi. Bu mag'lubiyat hech qanday ahamiyat kasb etmaydi, chunki asosiy maqsadimiz chempionat va Chempionlar ligasida ishtirok etish”, - Ranerining so'zlarini keltiradi "Le10Sport".


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net