Raneri: "Lester Siti" uchun "Everton" bilan bahs mavsumdagi eng muhimi bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
26 dek 2016, 15:40
"Lester Siti" bosh murabbiyi Klaudio Raneri "Everton"ga qarshi bo'lib o'tadigan APLning 18-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Bu hal qiluvchi payt, muhim o'yin. Futbolchilarim raqibni va ularning imkoniyatlarini yaxshi bilishadi. "Everton" - juda kuchli jamoa. Ular evrokuboklar zonasidan joy olishmoqchi, biz ularni hurmat qilamiz, ammo o'z maydonimizda, muxlislarimiz ko'z o'ngida ijobiy natijaga erishishimiz mumkin. Kiyinish xonasidagi atmosfera juda yaxshi. Futbolchilar g'alabali yo'lga qaytishiga ishonishmoqda" - deydi Raneri.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com