Ramos yana bir mavsum PSJda qolmoqchi

Sherzod Nurmatov
18 mar 2023, 19:35
Himoyachi Serxio Ramos yangi bitim imzolashga va yana bir mavsum PSJda qolishga tayyor, deya xabar berdi "AS".

Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi Parij klubida o'ynashni yaxshi ko'radi va u shartnomani uzaytirish niyatida.

30 yoshli Ramos 2021 yilning yozida PSJga o'tgan edi. O'shandan beri ispaniyalik futbolchi jamoasi safida 49 ta rasmiy o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 1 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.

PSJ Fransiya chempionati musobaqa jadvalida "Marsel"dan 10 ochko oldinda borgan holda yetakchilik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS