Ramos: "Pike? O'tmishga emas, kelajakka qarash kerak"

Mirjalol Normatov
9 sen 2018, 14:57
Ispaniya termasi himoyachisi Serxio Ramos termadagi sherigi Jerar Pikening milliy jamoadan ketgani borasida fikr bildirdi.

"Pike? U ajoyib sherik bo'ldi, jamoaning asosiy himoyachisi edi. Ammo biz o'tmish emas, kelajakka tik boqishimiz kerak. Uning mehnatidan mamnunmiz. Ammo termada uning o'rnini egallashi mumkin bo'lgan futbolchilar bor. Kecha Nacho ajoyib o'yin namoyish qildi. Hech kim o'zgartirilmas futbolchi emas. Pikening termadagi faoliyatini hech qachon yoddan chiqarmaymiz", - dedi Ramos.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: El Mundo Deportivo