Pike: "Xamesda "Barselona"ning DNKsi bor"

Mirjalol Normatov
26 iyun 2018
"Barselona" himoyachisi Xerar Pike "Bavariya" tarkibida harakat qilayotgan, transfer huquqi "Real"ga tegishli bo'lgan Xames Rodriges haqida gapirdi.

"Har doim aytganman, Xamesda "Barselona"ning DNKsi bor. Uning o'yin uslubi bizning jamoaga juda ham mos tushadi. Xames "Barselona"da baxtli futbolchiga aylanardi", - dedi 31 yoshli himoyachi.

O'tgan mavsumda Xames "Bavariya" tarkibida 39 uchrashuvda harakat qildi va 8 gol urib, 14 golga assistentlik qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Don Balon