Ramos: "Faoliyatimni yakunlash haqida o'ylamayapman"

Mirjalol Normatov
5 apr 2021
"Real" sardori Serxio Ramos faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida gapirdi.

"YCHLdagi beshinchi g'alaba, jahon chempionati va Olimpiada o'yinlari haqida o'ylayapman. Qachon vaqti kelsa, o'shanda faoliyatimni yakunlayman. Asosiy maqsadim - "Real"ning ajralmas tarixi bo'lib qolish.

Faoliyatimni yaqin vaqtlar ichida yakunlash niyatim yo'q. Bu mening shaxsiy qarorim. Tanam ham shunday demoqda. U hali ishdan chiqqanicha yo'q.

Sovrin uchun kurashishni istayman. Agarda faoliyatimni yakunlamoqchi bo'lsam, rafiqam va bolalarim bilan maslahatlashaman", - dedi Ramos.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal