Ramos elkasidan jarohat oldi va Angliyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib yuboradi

Aslanov Jasurbek
9 noya 2015, 18:14
"Real" himoyachisi Serxio Ramos Ispaniya terma jamoasining Angliyaga qarshi o'rtoqlik bahsini o'tkazib yuboradi.

Futbolchi "Sevilya"ga qarshi bahsning 22 daqiqasida jarohat tufayli maydonni tark etgan edi.

"Yiqilib yana elkamni jarohatlab oldim. Endi tibbiy ko'rikni kutish lozim. O'rtoqlik uchrashuvida maydonga tusha olmasam kerak" - deydi Ramos.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Real Madrid