Ramos 6 o'yindan keyin Kasilyasdan o'tib ketadi

Mirjalol Normatov
24 mar 2019, 15:46
Ispaniya termasining sardori va himoyachisi Serxio Ramos Evro-2020 saralashida Norvegiyaga qarshi o'yinda qatnashdi.

32 yoshli futbolchi milliy terma tarkibida 162-uchrashuvini o'tkazdi. Bu borada u Iker Kasilyasdan (167) ortda qolmoqda. Qayd etish kerak, agarda Ramos terma uchun 6 o'yin o'tkazsa, Ispaniya termasi uchun eng ko'p o'yinda qatnashgan futbolchiga aylanadi.

Ramos 2005 yilda termasida debyut qilgan. Uning hisobida 18 gol va 7 assistentlik bor.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal