Rami: "Faoliyatimni muvaffaqiyatli o'tkazishim mumkin edi, ammo muammoim ovqat bo'lgan, eyishni sevaman"

Alisher
15 okt 2020, 14:34
"Boavishta" himoyachisi Odil Rami faoliyatini muvaffaqiyatli o'tkazishiga nima halaqit berganini aytdi.

"Agar hayotimni to'g'riroq o'tkazganimda edi, faoliyatimni muvaffaqiyatli o'tkazgan bo'lardim. Men ko'plab kechalarda bo'lganman, ko'plab ayollar, ammo umuman ortiqcha vaznga e'tibor qaratmaganman.

Muammoim ovqat edi. Men eyishni sevaman va bu achinarli, formam yaxshi bo'lganida hech qanday hujumchidan qo'rqmasdim", - deydi Rami.

34 yoshli futbolchi bunga qadar "Lill", "Valensiya", "Milan", "Sevilya", "Marsel", "Sochi" va "Fenerbaxche" klublarida o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: maisfutebol.iol.pt