Rayan Giggz: Uels termasini boshqarishni istardim

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Rayan Giggz kelajakda Uels terma jamoasini boshqarishni istayotganini aytdi.
"Terma jamoada to'p sursang va keyin uning murabbiylar shtabida ish olib borsang, albatta, unga bosh murabbiy bo'lging keladi".

"Bu huddi futbolchilik faoliyatingni boshlanishidagi holatga o'xshaydi. U paytda sen o'zing muxlislik qiladigan klubing safida o'ynashni istaysan. Menda huddi shunaqa bo'lgandi".

"Bu mansabga sen butun umr futbol o'ynab kelganing uchungina qo'yib qo'yishmaydi. Terma jamoani boshqarish uchun haqiqatdanda munosib murabbiy ekaningni isbotlashing lozim", deydi Giggz.


Manba: sports.ru