

"Men 2020 yilda Italiya g'olib chiqqan Yevropa chempionatiga borishim kerak edi. Hammasi deyarli tayyor edi. Yaxshiki, pasportim vaqtida tayyor bo'lmadi", dedi u.
"O'sha paytda Italiya terma jamoasi xodimlari menga qo'ng'iroq qilishardi. Jorjino doimo men bilan gaplashardi. Italiya jamoasi rahbariyati men uchun juda qiziqarli loyiha tayyorlagan edi, bu menga haqiqatdan ham yoqqandi.
Lekin shu bilan birga, ichimda hali ham Braziliya terma jamoasi formasini kiyishga bir foiz umid bor edi. Yaxshiki, Italiya pasportim vaqtida tayyor bo'lmadi".



