Rafael Benites: Sevilyaga qarshi ikki xil o'ynadik

Narzulla Saydullayev
9 noya 2015, 08:18
Real ustozi Rafael Benites Sevilyaga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng (2:3) o'z fikrlarini bildirdi.

O'yin haqida

Biz to'pni yaxshi ushlab tura olmadik. O'yinni nazorat qilayotgandek tasavvur uyg'ondi, aslida esa unday emasdi. O'z xatolarimiz tufayli raqibning o'yinga qaytishiga imkon berdik.

Dastlab yarim soatda ajoyib o'ynadik, Sevilya faqat standartlarni amalga oshirdi. Ikkinchi bo'limni ham yaxshi boshladik, keyin xatolar boshlandi. Dastlab Real ijrosidagi ajoyib o'yinni ko'rdim, so'ngra o'yinni nazorat qila olmayotgan jamoani.

Xames va Ramos haqida

Nima uchun Xames ilk daqiqalardan tushmadi? U hujumda ajoyib o'ynaydi, ammo ozgina chaqqonlik yetishmaydi.

Ramosning jarohati mag'lubiyatga sabab bo'ldi demagan bo'lardim, sababi vaqt ko'p edi. Varan yaxshi o'ynadi, ammo bu o'zgarish o'yinimizga ta’sir qilgani aniq.

Klasiko haqida

Jarohat olganlar safga qaytishi uchun vaqtimiz bor. Bu boshqacha futbol bo'ladi, umid qilamanki jamoa mag'lubiyatga munosib javob bera oladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football-espana.net