Rabo endi PSJ futbolchilari bilan shug'ullanmaydi

Aslanov Jasurbek
15 mar 2019, 13:50
PSJ yarim himoyachisi Adrien Rabo so'nggi oylardagi o'zini tutishi uchun navbatdagi sankciyalarga to'qnash keldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, parijliklar bosh murabbiyi Tomas Tuxel Raboni futbolchilar bilan nazariy mashg'ulotlarda ishtirok etmasligi borasida qaror qabul qildi. PSJ Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvida "Manchester Yunayted"ga mag'lub bo'lgan tunda Rabo tungi klubga borgani uchun jazolandi.

Tuxel Raboni qadrlaydi va futbolchi bilan suhbatda uning atrofida sodir bo'layotgan voqealardan afsusda ekanligini aytdi.

Eslatib o'tamiz, 23 yoshli fransiyalikning PSJ bilan shartnomasi joriy mavsumning oxirida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Paris United