Quvvatov - 2017 yilgi oliy liga rekordchisi

Narzulla Saydullayev
14 okt 2017, 10:42
"Nasaf" klubi kecha Farg'onada "Neftchi"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi.

Shu tariqa, "Nasaf" posboni Sanjar Quvvatov oliy ligada ketma-ket oltita uchrashuvda o'z darvozasidan gol o'tkazmadi.

USHbu mavsumda bunga qadar rekord "Olmaliq" posboni Xurshid Xodjaevga tegishli edi. U birinchi davrada ketma-ket beshta o'yinda jami 542 daqiqa gol o'tkazmagandi.

Sanjar Quvvatovning seriyasi 596 daqiqaga etdi.

"Ajdarlar"ning oxirgi oltita uchrashuvi:
"Nasaf" - "Olmaliq" 1:0
"Nasaf" - "Lokomotiv" 2:0
"Obod" - "Nasaf" 0:6
"So'g'diyona" - "Nasaf" 0:3
"Nasaf" - "Qizilqum" 2:0
"Neftchi" - "Nasaf" 0:3


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia