

"Juda ham qiyin mavsum bo'ldi. Kuchli jamoalar bizni taqib qilib keldi. Birdamlik bilan bunday natijaga erishdik. Chempionlikda muxlislarning va rahbariyatning hissasi katta.
Ikrom bilan yaqin do'stmiz va bir-birimizni so'zsiz tushunamiz. Maydonda ham shunday. Hissiyotlarimizni ushlab tura olmadik. Qanday qiyin mavsum bo'lganini va ichimizdan nimalar o'tganini o'zimiz bilamiz.
Muxlislarimiz top-darajada. Ikkinchi davrada "Nasaf"ni taqib qilishimizda muxlislarimizning hissasi katta bo'ldi. Ular bizga katta dalda berdi", – dedi Quvondiq Ro'ziev chempionlik qo'lga kiritilganidan so'ng.

Eslatib o'tamiz, "Neftchi" bugun "Qizilqum"ni 4:1 hisobida dog'da qoldirib, uzoq kutilgan chempionlikka yetishdi.



