Ammo bugun bo'lib o'tgan qur'a tashlash marosimida "Konchi" jamoasini uchratmadik. Birinchi liga yo'llanmasini qo'lga kiritgan "Toshkent" jamoasi o'z nomini o'zgartirib viloyatga ko'chishni reja qilayotgan edi. Agar jamoa Toshkentda qoladigan bo'lsa, u holda 1-liganing “Sharq” mintaqasidagi Toshkent jamoalari soni sakkiztaga etgan bo'lardi. Qolaversa, Angrenda futbol avvaldan bo'lgan va muxlislar katta futbolni sog'inishgan.
Ma'lumotlarga ko'ra, “Sharq” mintaqasida jamoalar to'lib bo'ldi. “G'arb”da bitta bo'sh joy bor. Bu joy Surxondaryoga olib qo'yilganligi haqida bugun Farhod Magometov aytib o'tdi. Ammo "Surxon"ning 1-ligada ishtirok etishi so'roq ostida turibdi. Agar jamoaning moliyaviy holati o'nglanmasa, u holda ular o'rniga "Konchi" musobaqada ishtirok etishi mumkin. Yana bir ma'lumot, "Konchi" 1-ligada qatnashadigan bo'lsa, klub o'z nomini "Shaxtyor" deb o'zgartirishni rejalashtirgan.
Oliy ligada bo'lgani kabi 1-ligada ham geografiya qisqarib boryapti. “Sharq” mintaqasida Toshkent viloyatidan bitta ham jamoa yo'q. Andijon sharafini himoya qilishi ko'zda tutilayotgan "O'zDong-Ju"ning ham moliyaviy ahvoli 1-ligada ishtirok etish imkoniyatini beradimi yo yo'qmi, hozircha ma'lum emas.
Katta yo'qotishga Zarafshon shahri uchradi. "Qizilqum"ning Navoiyga ko'chishi, Navoiydan 220 km. uzoqda joylashgan Zarafshon shahrini katta futboldan mahrum etdi. Aksiga olib, Zarafshonga ko'chirilishi bashorat qilingan "Zarafshon" klubi faoliyatiga ham yakun yasaldi.