Qozog'iston yana bitta o'yinda g'alaba qozonsa Evro-2024ga chiqadi

Aziz Tukhtamuradov
18 noya 2023, 08:43
Qozog'iston terma jamoasi Evro-2024ga chiqish uchun asosiy raqibi ustidan g'alaba qozonishi kerak.

Guruhda 9-turdan so'ng Daniya 22 ochko to'plab, Yevropa chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritib ulgurdi. 

Endi 20 noyabr kuni Qozog'iston safarda 2-o'rindagi Sloveniyaga qarshi o'ynaydi. 

Hozirda Sloveniya 19, Qozog'iston esa 18 ochkoga ega. Qo'shnilarimiz ushbu safar o'yinda g'alaba qozonsalar, Evro-2024 turniriga yo'llanmani qo'lga kiritishadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia