Qozog'iston chempionati koronavirus tufayli yana pauza oldi

Alisher
4 iyul 2020, 15:44
Qozog'iston ligasi mamlakatda koronavirus tarqalishi tufayli 14 kunlik karantin joriy etilganidan so'ng yana to'xtatildi.

Bu haqda chempionat rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Qozog'iston chempionati 3,5 oy davom etgan pauzadan so'ng chorshanba kuni restart olgan edi.

5ta o'yin muxlislarsiz o'tkazildi. "Tobol" va "Kaspiy" jamoalari klubda ko'plab koronavirus holatlari aniqlanganligi sabab deyarli o'rinbosarlar jamoasi bilan harakat qilishdi.

Avvalroq Qozog'iston chempionati 7 noyabr kuni yakunlanishi rejalashtirilayotgan edi, ammo bu muddat yana ortga surilishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: pflk.kz