Qozog'iston 15 ta o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti

Aziz Tukhtamuradov
14 noya 2021, 08:15
Qozog'iston terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasida safarda Fransiyaga 0:8 hisobida yutqazdi.

Qo'shnilarimiz uchun bu ketma-ket uchinchi mag'lubiyat. Terma jamoa 15 ta o'yindan buyon g'alaba qozona olmayapti. Bu vaqt ichida Qozog'iston 10 ta mag'lubiyat va 5 ta durang qayd etdi. 

Oxirgi marotaba Qozog'iston terma jamoasi 2020 yilning 4 sentyabr kuni Millatlar Ligasi musobaqasi doirasida Litvani 3:1 hisobida mag'lub etgan.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru