Qozog'iston. 14-tur. Legionerlarimizdan faqat Kapadze to'liq o'ynadi

Narzulla Saydullayev
28 may 2014, 22:13
Kecha Qozog'iston Premer-Ligasida 14-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
E'tiboringizni hamyurtlarimiz ishtirokidagi o'yinlarga qaratamiz.

"Aktobe" o'z uyida "Atirau" bilan durang o'ynadi - 0:0. Maydon egalari safida Kapadze to'liq o'ynadi. Geynrix esa 88-daqiqada almashtirildi. "Aktobe" 33 ochko bilan musobaqa jadvalining 1-pog'onasida bormoqda.

"Shaxtyor" Qarag'andada "Spartak"ni qabul qilib g'alaba qozondi - 1:0. Uchrashuvda Shavkat Salomov 62-daqiqada almashtirilgan bo'lsa, Kamoliddin Murzoev 76-daqiqada maydonga tushdi. Viktor Kumikov boshchiligidagi jamoa 26 ochko bilan 2-o'ringa chiqib oldi.

"Irtish" o'z uyida "Jetisu"ga qarshi maydonga tushib 1:0 hisobida zafar quchdi. Mezbonlar tarkibida Ulug'bek Baqoev sariq kartochkalari to'rttaga etganibosi maydonga tushmadi. 20 ochko jamg'argan "Irtish" musobaqa jadvalining 6-o'rinidan joy olgan.


Qozog'iston chempionati. 14-tur
28 may (chorshanba)

AKTOBE - ATIRAU - 0:0


IRTISH - JETISU - 1:0
Gol
: Dudchenko, 61 (1:0)

SHAXTER - SPARTAK - 1:0
Gol
: Vichyus, 9 (1:0)

TARAZ - ASTANA - 1:2
Gollar:
Jolchiev, 62 (0:1). Tleshev, 69 (1:1). Kurdov, 83 (1:2).

QAYRAT - QAYSAR - 1:0
Gol:
Darabaev, 10 (1:0).


TOBOL - ORDABASI - 2:1
Gollar:
Yunuzovich, 73 (0:1). Bugaev, 89 (1:1). Bugaev, 90+3 (2:1).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia