Qo'qonlik muxlislar Buxoroga 50 foizlik chegirma bilan borishadi

Narzulla Saydullayev
19 fev 2018, 16:02
Mana ko'z ochib yumguncha super liga o'yinlari boshlanishiga ham oz fursat qolmoqda.

"Qo'qon-1912" jamoasi dastlabki turni Buxoro shahrida "Buxoro" jamoasiga qarshi o'tkazishadi.

Muxlislar klubi ushbu bahsga tayyorgarlikni boshlab yuborishgan. Buxoroga muxlislarni borib-kelishlari uchun avtobus ajratildi. Safar davomida Buxoro shahrining diqqatga sazovor joylariga ekskursiyalar ham tashkil qilinadi.

Klub  rahbariyati tomonidan Buxoroga boradigan muxlislar uchun  safar xarajatida  50%lik  chegirma joriy qilindi.

Buxoroga borishni istovchi muxlislar quyidagi telefon raqamiga qung'irok kilishlaringni so'raymiz.
 
+998993651912 - Sayfutdinov O'lmasjon

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz