“Qo'qon-1912”da futbol qoidalari bo'yicha seminar bo'lib o'tdi

Narzulla Saydullayev
5 fev 2019, 17:14
Yangi mavsumga Farg'ona shahrida tayyorgarlik ko'rayotgan “Qo'qon-1912” futbolchilari uchun, futbol qoidalaridagi o'zgarishlarga bag'ishlangan seminar o'tkazildi.

Seminarni O'zbekiston futbol assosaciyasi, hakamlar departamentining yetakchi mutaxassisi Vladislav Seytlin o'tkazdi.

Seminar davomida futbolchilar FIFA tomonidan futbol qoidalariga kiritilgan o'zgarishlar borasida ma'lumotga ega bo'ldilar.

Qo'qonliklar matbuot xizmati tomonidan ma'lumot berilishicha, Seytlin futbolchilarga futbolda uchrab turadigan bahsli  holatlar aks etgan  videolavhalar namoyish qilib bunday vaziyatlarda qanday harakat qilish lozimligini tushuntirib o'tdi. O'z navbatida futbolchilar ham o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan javoblar olishdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz