"Qo'qon-1912" Tojikiston yig'inidagi so'nggi o'rtoqlik o'yinida minimal g'alabaga erishdi

Sherzod Nurmatov
12 fev 2024, 15:48
"Qo'qon-1912" jamoasi Tojikistondagi o'quv-yig'in davomidagi so'nggi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Jamoa bugun "Istaravshan" jamoasiga qarshi bahs olib borib, 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona golni Asliddin Toshtemirov urdi. Shu tariqa, jamoaning Tojikistondagi ikki haftalik xalqaro yig'ini yakunlandi. 

"Qo'qon-1912" – "Istaravshan" 1:0

Gol: Asliddin Toshtemirov

"Qo'qon-1912": Isakov, Akramov, Miraxmadov, Ro'ziev, Toshtemirov, Malikjonov, Abdurahimov, No'monov, Beshimov, Petrov, Husanov.

Zaxira: Abdullaev, Ismailov, Komilov, Turdaliev.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Қўқон-1912" матбуот хизмати