"Qo'qon-1912": "So'g'diyona"ga qarshi tayyorgarlik boshlandi

Narzulla Saydullayev
18 iyun 2017, 08:04
Taqvimning tig'iz kelgani bois “Bunyodkor” bilan o'yindan keyin “Qo'qon-1912” futbolchilari darhol navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.

Kechadan jamoa a'zolari 14-tur doirasidagi “So'g'diyona”ga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuvga hozirlikni boshlashdi. Futbolchilar mashg'ulotlarda astoydil harakat qilishmoqda. Aleksandr Merzlyakov ham asta-sekin  mashg'ulotlarga qo'shilmoqda. Mashg'ulotlar Markaziy stadionda bo'lib o'tmoqda.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz