"Qo'qon-1912": "So'g'diyona" bilan navbatdagi to'qnashuv

Narzulla Saydullayev
12 fev 2016, 10:52
Bugun "Qo'qon-1912" Toshkentdagi to'rtinchi yig'in doirasidagi dastlabki nazorat uchrashuvini o'tkazadi.

Bugun Murodjon Ismoilov shogirdlari Jizzaxning “So'g'diyona” klubiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu jamoa biz uchun noqulay raqib sanaladi. So'nggi beshta uchrashuvning barchasida jizzaxliklar g'alaba qozonishgan.

O'ylaymizki, bugungi bahsda “qora anana”ga barham beriladi.

Aytgancha, mazkur o'yin oldidan jamoamiz safida yo'qotishlar bor. “Qo'qon-1912” to'purari Nosirbek Otaqo'ziev va mahoratli yarim himoyachi Nodirbek Qo'ziboevning jarohatii borligi sabab bugungi bahsni o'tkazib yuborishadi.

Uchrashuv Sergilidagi stadionda soat 13:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz