"Qo'qon-1912": Raqamlar tilga kirganda

Narzulla Saydullayev
2 dek 2016, 07:59
Bugungi maqolamizda “Qo'qon-1912” jamoasining yakuniga etgan mavsumdagi ayrim ko'rsatkichlari xususida so'z yuritamiz.

"Qo'qon-1912" ishtirok etgan 30 ta o'yinda 10 xil natija qayd etilgan. Xususan, ettita bahs 2:1 hisobida yakun topgan. Bularning uchtasida  vakillarimiz g'alaba qozonishgan. Qolgan to'rta  o'yinda raqiblarning qo'li baland kelgan.

Beshta uchrashuv 1:1 hisobi bilan tugagan. To'rtta bellashuv 1:0  hisobida intiho topgan.

“Paxtakor” va “Lokomotiv”ga qarshi safarda kechgan bahslarda 4:0 hisobi qayd etilgan.

Birinchi davrada jamoa biror marta durang o'ynamagan bo'lsa, ikkinchi davradagi beshta uchrashuvda raqib bilan murosa yo'li tanlangan. 12-turga qadar futbolchilar raqib darvozasini bittadan ko'p ishg'ol eta olishmagan.

13-turda esa “Sho'rtan” darvozasiga to'rtta to'p kiritilgan.

Birinchi davrada 13 marta, ikkinchi davrada 18 marta raqiblar darvozasi aniq nishonga olingan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz