"Qo'qon-1912" - "Qizilqum" o'yinini kim boshqarib borishi ma'lum

Omonjon To`xtamirzayev
2 dek 2023, 16:41
Superliga yo'llanmasi uchun "Qo'qon-1912" - "Qizilqum" uchrashuvini Abdurashid Xudoyberganov brigadasi boshqarib boradi.

Xabaringiz bor, Superliga yo'llanmasi uchun bahsda "Qo'qon-1912" jamoasi "Qizilqum"ga qarshi maydonga tushadi. 

Mazkur bellashuvni boshqarib boradigan hakamlar brigadasi ma'lum bo'ldi. Bosh hakam Abdurashid Xudoyberganovga qanotlarda Aleksandr Sidorov va Avaz Abdullaev yordam beradi. Zaxira hakami - Farux Yansupov. "VAR"da Rustam Lutfullinga Baxtiyorxo'ja Shavkatov yordam bersa, nazoratchi - Mamur Saidqosmiov. Komissar - Bekzod Aripov. 


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia