"Qo'qon-1912" - "Paxtakor" o'yini chiptalari sotuvga chiqdi

Narzulla Saydullayev
28 iyun 2019, 10:30
Ertaga, 29 iyun kuni Qo'qondagi "Markaziy" stadionida, Superliganing 13-tur uchrashuvi bo'lib o'tadi.

"Qo'qon-1912" - "Paxtakor" jamoalari o'rtasidagi murosasiz bo'lib o'tishi kutilayotgan futbol uchrashuvini bevosita stadionda ko'rganga nima etsin. O'yin uchun chiqarilgan chiptalar bugundan "Markaziy" stadion kassalarida sotuvga chiqdi. Chiptalar doimgidek ikki xil 15 000 va 10 000 so'mdan sotilmoqda. Eslatib o'tamiz o'yin soat 18:00da start oladi.

Aziz muxlislar stadionga keling, shiddatli uchrashuvda futbolchilarni qo'llab-quvvatlang!


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz