"Qo'qon-1912" oliy ligaga chiqish niyatida

Nadirkhuja Yuldashev
15 noya 2013, 11:43
Aslida 2013 yilning o'zida mazkur vazifani o'z oldiga qo'ygan jamoa rahbarlari o'z rejalariga biroz o'zgartirish kiritishdi.
Avval rosmanasiga oliy liga uchun tayyorlanib, keyin vazifani bajarish maqsad qilib olindi. Oliy ligaga chiqish vazifasi "Zarafshon" klubi oldiga ham qo'yilgan edi. Biroq "Qizilqum"ni Navoiyga ko'chishi natijasida "Zarafshon"ning ham rejasiga o'zgartirish kiritildi.

Agar moliyaviy imkoniyati yaxshilansa, "Sho'rtan" oliy ligaga qaytish uchun asosiy nomzod. "Guliston" endi bu ishga yaqin yillar ichida "qo'l urmaydi". Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, "Oq-tepa" ham yuqori maqsadni ko'zlayapti. Jamoa "Guliston" futbolchilari evaziga kuchaytirilib, 2014 yilgi mavsumni kuchlilar safiga beruvchi yo'llanma uchun kurash olib borishni rejalashtirgan. Agar ma'lumotlar o'z isbotini topsa, 2014 yili birinchi ligada uchta jamoa "Sho'rtan", "Oq-tepa" va "Qo'qon-1912" oliy liga yo'llanmasi uchun kurash olib boradilar.

Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia