

Aniqrog'i, Oliy liga-2016 boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Jamoamiz a'zolari esa har kunni g'animat bilib tayyorlarlika zo'r berishmoqda. Kecha vakillarimiz ikki mahal mashg'ulot o'tkazishdi. Mashg'ulotlarda betobligi bois, Alisher Ziyavuddinov va Mirjalol Qurbonovlar ishtirok etishmadi. Shuningdek, Ruslan Matniyazov ham hali safga qaytgani yo'q.
Jarohat bois, Toshkentdagi yig'inda qatnasha olmagan Nosirbek Otaqo'ziev va Nodir Qo'ziboevlar mashg'ulotlarga qo'shilishdi. Otaqo'ziev yakka holda shug'ullayotgan bo'lsa, Qo'ziboev umumiy guruh bilan mashg'ulot olib bormoqda.
Murabbiylar shtabida o'zgarish ro'y berdi. Darvozabonlar murabbiyi Xislat Chilmatov jamoamizni tark etdi. Endilikda u “Andijon” jamoasida faoliyat yuritadi.



