“Qo'qon-1912” jamoasi va muxlislar klubi buxoroliklarga minnadorchilik bildiradi

Narzulla Saydullayev
30 iyul 2016, 15:48
O'zbekistonning ko'hna va navqiron shaharlari bo'lmish – Buxoro va Qo'qon shahari o'rtasidagi do'stlik rishtalari uzoq tarixga borib taqaladi.

Bugungi kunda ham bu shaharlarning o'zaro hamkorligi yuqori darajada davom etmoqda. Xususan, “Qo'qon-1912” futbol klubi va “Buxoro” jamoalari yaxshi munosabatlarni yo'lga qo'yishgan. O'zbekiston Kubogi chorak final doirasidagi o'yinlarda bu rishtaning mustahkam ekanligi yana bir bor o'z isbotni topdi. Jumladan, bugungi kunga kelib, “Qo'qon-1912” jamoasi muxlislar klubi va “Buxoro” jamoasi muxlislari o'rtasidagi do'stona munosabat ko'pchilikning havasini keltirayotgani hech kimga sir emas.

Ushbu jamoalarning Qo'qonda bo'lib o'tgan birinchi o'yinida Ilhomjon Qunduzov boshchiligidagi “Qo'qon-1912” jamoasi muxlislar klubi vakillari buxorolik muxlislarni yuqori darajada kutib olishgandi.

28 iyul kuni Buxoroda o'tkazilgan javob bahsi oldidan “Buxoro” jamoasi muxlislar klubi a'zolari ham Qo'qondan tashrif buyurgan muxlislarni shunday darajada kutib olishdi. Jamoamiz ishqibozlari Buxoro shahrning eng go'zal maskanlariga tashrif buyurishdi. Umuman olganda, kutib olish jarayonidan tortib kuzatish jarayonigacha barchasi a'lo darajada bo'ldi.

“Qo'qon-1912” jamoasi va muxlislar klubi vakillari buxorolik muxlislarga samimiy munosabat, yuqori darajadagi e'tibor uchun minnatdorchilik izhor etadi. O'ylaymizki, bu hamkorlik shunday ruhda davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz