

Ushbu uchrashuvga bo'lgan qiziqish muxlis va mutaxasislar orasida judayam yuqori bo'lmoqda.
“Qo'qon-1912” – “Dinamo” o'yini uchun chiqarilgan chiptalar “Markaziy” stadion kassalarida savdoga chiqdi. Chiptalar har doimgidek ikki xil 10 000 va 5 000 so'mdan sotilmoqda.
“Qo'qon-1912” – “Dinamo” o'yini 7 aprel juma kuni soat 16-30 da boshlanadi. Ertaga 6 aprel kuni soat 15-30 da esa ushbu jamoalarning o'rinbosarlar tarkiblari maydonga chiqadilar.
Siz aziz muxlislarimizni stadionga kelib jamoamizni qo'llab-quvvatlashga chorlab qolamiz !



