"Qo'qon-1912" - "Bunyodkor": Chiptalar sotuvda

Narzulla Saydullayev
7 may 2016, 07:02
“Qo'qon-1912” jamoasining navbatdagi uchrashuvi Toshkentning “Bunyodkor” jamoasiga qarshi bo'lib o'tishidan xabaringiz bor. Ushbu uchrashuv uchun mo'ljallangan chiptalar sotuvga chiqarilidi.

Chiptalar “Markaziy” o'yingoh kassalarida sotilmoqda. Chiptalar doimgidek, 2 xil toifada bo'lib, 5 000 va 10 000 so'mdan sotilmoqda.

Muxlislarning bevosita o'yingohdan turib qo'llab-quvvatlab turishi futbolchilarimizga qo'shimcha kuch-quvvat va shijoat baxsh etishi shubhasiz. “Bunyodkor”ga qarshi o'yinda ham bizni astoydil qo'llab turishingizga ishonchimiz komil. Barchani “Markaziy” o'yingohga chorlab qolamiz.

O'yin  9 may, dushanba kuni  Qo'qondagi “Markaziy” stadionida soat 17:00da boshlanadi. 8 may kuni esa bu jamoalarning o'rinbosarlari o'rtasidagi bahs bo'lib o'tadi. O'yin soat 16:00da boshlanishi rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz