Qo'qon-1912 3 nafar futbolchi bilan rasman xayrlashdi

Alisher
4 iyul 2023, 08:01
Qo'qon-1912 jamoasi 1-davradan so'ng bir qator futbolchilar bilan rasman xayrlashdi.

Mavsumni birinchi davrasida Qo'qon-1912 safida harakat qilgan yarim himoyachilar Doston Oripov, Bobur Qosimov va Muhammad Isaev rasman tark etishdi. USHbu o'yinchilar va klub o'rtasidagi shartnomalar ikki tomonlama bekor qilindi.


Qo'qon-1912 jamoasi ushbu futbolchilarga klubdagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildirib, ularning keyingi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qoladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia