"Qizilqum"ni 4 futbolchi tark etdi, Avstraliya, Gruziya va Rossiyadan legionerlar ko'rikda

Narzulla Saydullayev
15 iyul 2019, 17:16
Superliganing ikkinchi davrasiga "Qizilqum" Toshkentda hozirlik ko'rmoqda.

Jamoa tarkibidagi o'zgarishlar haqida to'xtaladigan bo'lsak, so'nggi to'rt mavsumda klub sharafini himoya qilib kelgan Erkin Boydullaev, gruziyalik legioner Elguja Grigalashvili, yarim himoyachi Eldor Boymatov va nikaragualik futbolchi Ariagner Smit jamoa bilan xayrlashishdi.

Ikkinchi davrada jamoa tarkibiga Avstraliya, Gruziya va rossiyalik legionerlar ko'rikda bo'lib turishibdi. Jamoa a'zolari kuniga ikki mahal mashg'ulot o'tkazishmoqda.

Bugun futbolchilar yig'in davomida ilk nazorat uchrashuvini Termizning “Surxon” jamoasi qarshi o'tkazishadi. Uchrashuv soat 19:30 da “Bunyodkor” futbol akademiyasiga qarashli maydonda bo'lib o'tadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: «Қизилқум» матбуот хизмати