"Qizilqum"ga ham transfer taqiqi qo'yiladimi?

Narzulla Saydullayev
14 noya 2022, 14:09
Navoiyning "Qizilqum" klubi mavsumni 5-o'rinda yakunladi.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, "Qizilqum"ning futbolchilar oldida juda katta qarzdorligi mavjud. Oxirgi 4 oyda futbolchilar maosh olishmagani aytilmoqda.

Eslatib o'tamiz, 12 noyabr kuni O'FA qarzdorliklar tufayli "Neftchi", "Qo'qon-1912", “Buxoro”, “Surxon”, “Yangier quruvchi” va “Zomin bo'rilari” futbol klublariga nisbatan qishki transfer oynasi vaqtida yangi futbolchilarni O'zbekiston Professional futbol ligasidan ro'yxatdan o'tkazishga taqiq qo'yilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia