“Qizilqum” uy uchrashuvlarini Olmaliqda o'tkazadi

Alisher
11 fev 2022, 18:10
Bugun Superliga-2022ga qur'a tashlanadi.

Navoiyning “Qizilqum” jamoasi O'zPFLga xat yubordi. Unga ko'ra, navoiyliklar ham uy stadionida maydonni yangilash ishlarini olib bormoqchi va shu boisdan yangi mavsumning ilk turlarini Olmaliqdagi OKMK sport majmuasida o'tkazib turadi.

Shu tariqa, qur'a avvalida uy o'yinlarini bir stadionda o'tkazadigan klublar o'zaro juftliklarga ajratib olinadi. Bu orqali bir tur doirasida mazkur jamoalarning biri safarda, ikkinchisi esa uyda o'ynashi taminlanadi.

Demak, qur'a avvalida quyidagi 4 ta juftlik alohida ajratib olinadi: “Paxtakor” va “Olimpik”, “Dinamo” va “Surxon”, “Neftchi” va “Qo'qon-1912”, “Qizilqum” va AGMK. 

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: pfl.uz